ILMA qonunlarga regulyator sifatida rasman kiritildi

eʼlon qilindi
Qonun ko‘plab tarmoqlarda regulyatorlar roli va tartiblarini aniqlashtiradi
ILMA
ILMA qonunlarga regulyator sifatida rasman kiritildi / Foto: Chatgpt

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) vakolatlari qonuniy asosda mustahkamlandi. Bu boradagi yangi qonun prezident tomonidan 17-aprel kuni imzolandi.

Xususan, «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida», «Aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risida» qonunlariga tuzatish kiritildi. «Birjalar faoliyati», «Sug‘urta faoliyati», «Elektron tijorat» haqidagi qonunlar yangilandi. Shuningdek, «Markaziy bank to‘g‘risida», «Davlat boji to‘g‘risida» qonunlar qayta ko‘rib chiqildi.

«Davlat xaridlari», «Litsenziyalash va ruxsatnomalar» bo‘yicha qonunlarga ham muhim o‘zgartishlar kiritildi. Bu bilan ILMA’ga moliyaviy bozorlarni tartibga solish vakolati berildi. Shuningdek investitsiya va innovatsion loyihalarda regulyator sifatida belgilandi.

Qonun bilan Fuqarolik va Soliq kodekslariga ham tegishli tuzatishlar kiritildi. Hujjat kuchga kirgan bo‘lib, barcha normativlar amal qila boshladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ILMA iqtisodchi Otabek Bakirovning ustidan shikoyat qilgani haqida xabar bergan edi. Bakirov «Qonunsiz superregulyator» postida ILMA bugungi kunda sug‘urta, kapital, kriptoaktivlar bozorlarini nazorat qilayotgani, shu tariqa superregulyatorga aylanganini ta’kidlagan edi

Shuningdek