Yangiliklar

“Kasbiy ta’lim” platformasi ishlab chiqiladi

Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasidan
Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyati tartibga solindi / Foto: Facebook.com

Hukumatning 245-sonli qarori bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Mazkur nizom jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish, ulardan foydalanish, faoliyatini boshqarish va hisobdorlik tartibini belgilaydi. Jamg‘arma mablag‘lari kasbiy ta’lim tashkilotlarining o‘quv-metodik ta’minotini mustahkamlash, «Kasbiy ta’lim» platformasini ishlab chiqish, shuningdek, respublika tanlovlari g‘oliblarini rag‘batlantirish kabi maqsadlarga yo‘naltiriladi.

Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va mablag‘larni adolatli taqsimlash uchun maxsus Kengash tuziladi. Daromad va xarajatlar smetasi, shuningdek tuzilgan shartnomalar ro‘yxati Vazirlikning rasmiy saytida e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda mehmonxona qurmoqchi bo‘lgan investorlarga subsidiya berilishi haqida yozgan edik.