O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,8 foizga o‘sdi — Milliy statistika qo‘mitasi

eʼlon qilindi
Yanvar–mart oylarida 6,8 foizga oshdi
O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,8 foizga o‘sdi — Milliy statistika qo‘mitasi / Foto: Micheile Henderson / Unsplash

O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti (YIM) 2025-yilning yanvar–mart oylarida 6,8 foizga oshdi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning shu davrida ushbu ko‘rsatkich 6,4 foizni tashkil etgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, aprel oyining boshiga kelib, mamlakatning tashqi savdo hajmi 8,6 foizga oshdi. Shu davrda import 2,3 foizga kamaygan bo‘lsa, eksport 24,4 foizga ortgan.

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prognozlariga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,6 foizga o‘sishi kutilmoqda. 2026-yilda esa yalpi ichki mahsulot (YIM) 6,7 foizga oshadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili transchegaraviy pul o‘tkazmalari ulushi O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 14 foizini tashkil etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Garvard 162 turdagi o‘zbek mahsulotlarini raqobatbardosh deb tan olgani haqida yozgandi.

Shuningdek