O‘zbekistonda 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        21-aprel kuni
                    
                            
Bugun, 21-aprel Toshkent vaqti bilan soat 13:44:17 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, zilzilaning episentri Toshkentdan 305 km janubiy-g‘arbda joylashgan bo‘lib, sezilish kuchi 4 ballni tashkil etdi.
Zilzilaning magnituda 3,4 ballni tashkil etgan bo‘lsa, chuqurligi 10 km edi. Episentr Navoiy viloyati Nurota tumani bo‘ldi.
Episentrning aniq koordinatalari: 40,53 N, 65,72 E. Zilzila oqibatida jiddiy shikastlanishlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
