Sport

Prezident futbol bo‘yicha Osiyo kubogi o‘yinlari g‘oliblarini «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirladi

Jamoa murabbiyi va ikkita jurnalistni ham
Kelajak bunyodkori
Prezident futbol bo‘yicha Osiyo kubogi o‘yinlari g‘oliblarini «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirladi / Foto: Oliy Majlis Senati

Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha o‘n yetti yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilarini taqdirlash bo‘yicha farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, terma jamoa bosh murabbiysi Islombek Ismoilov «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Terma jamoaning 23 nafar a’zosi esa «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi.

Shuningdek, Milliy teleradiokompaniyaning «Sport» ijodiy birlashmasi bosh mutaxassisi Otabek Djurayev va «Futbol TV» telekanali muharriri Orifjon Tolipovlar esa «Shuhrat» medaliga loyiq ko‘rildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan chempionlarga Cobalt, murabbiylarga esa Tracker avtomobillari berilishi haqida yozgandi.