Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini g‘alaba bilan tabrikladi

eʼlon qilindi
20-aprel kuni 2:0 hisobida g'olib bo'lgan
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini g‘alaba bilan tabrikladi / Foto: O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rasmiy kanali

Shavkat Mirziyoyev 20-aprel kuni Saudiya Arabistonga qarshi o‘yinda g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasini g‘alaba bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

«Mamlakatimizda sportga, jumladan, futbol rivojiga berilayotgan yuksak e’tiborning yana bir amaliy natijasi bo‘lgan mana shunday tarixiy g‘alaba uchun sizlarga, sizlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onalaringiz va ustoz-murabbiylaringizga chin dildan samimiy minnatdorlik bildiraman», — dedi davlat rahbari.

Avvalroq «Kursiv» Saudiyada bo‘lib o‘tgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finalida O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida g‘alaba qozongani haqida yozgandi

Shuningdek