Yangiliklar

Sirdaryodagi korxonaga 2,3 mlrd so‘mlik noreal elektr qarzdorligi hisoblangan

Qayta hisob-kitob amalga oshirilishi ta’minlandi
Elektr energiyasi tariflari
Sirdaryodagi korxonaga 2,3 mlrd so‘mlik noreal elektr qarzdorligi hisoblangan / Foto: Pexels.com

Sirdaryodagi Poly tex Sirdaryo MCHJga nisbatan «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ «Energosavdo» filiali Sirdaryo bo‘linmasi tomonidan 2,3 milliard so‘mlik noreal elektr qarzdorligi hisoblangani aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar qildi.

Murojaat asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida qonun talablari buzilgan holatlar aniqlanib, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Korxonaga hisoblangan asossiz qarzdorlik ko‘rib chiqilib, tegishli qayta hisob-kitob amalga oshirilishi ta’minlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan bozorlarda 22 million so‘mlik muddati o‘tgan mahsulotlar savdodan olingani haqida yozgandi.