Yandex Go biznes uchun yetkazib berish xizmatini yana uchta hududda ishga tushirmoqda

eʼlon qilindi
Bu xizmat ilgari faqat Toshkentda mavjud bo‘lgan
Yandex Go
Yandex Go biznes uchun yetkazib berish xizmatini yana uchta hududda ishga tushirmoqda / Foto: Yandex Uzbekistan

Yandex Uzbekistan tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan ekspress-yetkazib berish xizmatini Samarqand, Buxoro va Farg‘onada ham yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Kursiv Uzbekistan’ga xabar qildi.

Bu xizmat ilgari faqat Toshkentda mavjud bo‘lgan. Servis hozirda Samarqandda ishga tushirilgan bo‘lib, yaqin oylarda Buxoro va Farg‘onada ham faoliyat boshlashi rejalashtirilgan. Bu xizmat turi restoranlar, do‘konlar va marketpleyslarga mo‘ljallangan bo‘lib, mijozlarga mahsulotlarni o‘rtacha bir soat ichida yetkazib berishni ta’minlaydi.

Buyurtmalar Yandex Go ilovasi, veb-interfeys yoki API orqali amalga oshiriladi. Xizmat turli yetkazib berish variantlarini taklif etadi – piyoda kuryerlardan tortib, katta yuklar uchun transport vositalarigacha.

Shuningdek, foydalanuvchilar buyurtma qayerdaligini treking orqali kuzatishlari, kompaniyalar esa yetkazib berish parametrlarini mustaqil belgilash va real vaqtda kuryer joylashuvini nazorat qilish imkoniyatiga ega.

Ma’lumot uchun, hozirgacha Toshkentda 200 dan ortiq tadbirkor va kompaniyalar, jumladan, Oqtepa Lavash hamda Asaxiy marketpleysi xizmatdan foydalanmoqda. Ro‘yxatdan o‘tish uchun delivery.yandex.uz saytiga kirish mumkin.

Yandex Go platformasida tadbirkorlar «Do‘konlar» va «Restoranlar» bo‘limlari orqali o‘z mahsulotlarini sotuvi va yetkazib berilishini tashkil etishlari mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Zarafshonda Yandex Go ish boshlagani haqida yozgandi.

Shuningdek