Yangiliklar

22-aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Tog‘li hududlarda sel kelish xavfi bor
22-aprel kungi ob-havo
22-aprel kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi / Foto: Pexels.com

22-aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab bahor nafasi yaqqol seziladi. Aksar hududlarda havo biroz bulutli, ba’zilarida yomg‘ir va momaqaldiroq ehtimoli bor, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Toshkentda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi 22-24°, kechasi esa 10-12° atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo ochiq, shamol salqin, harorat 25-30° gacha ko‘tariladi. Buxoro va Navoiyda ham xuddi shunday – quyoshli, ammo biroz shamolli kun kutilmoqda.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yomg‘irli ob-havo ehtimoli bor, harorat esa kunduzi 20-25° atrofida bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda havo ochiq va iliq – kunduzi 24-29°, kechasi 8-13° iliq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysi (Andijon, Namangan, Farg‘ona)da ham yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi 18-23° oralig‘ida saqlanadi.

Tog‘li hududlarda esa yomg‘ir yog‘ishi va sel xavfi mavjud. Bu yerda harorat kunduzi 12-17°, kechasi 2-7° iliq bo‘ladi.