
General Motors Chevrolet Traverse avtomobilining yangi versiyasini Chilida taqdim etdi. Bu haqda GMAuthority nashri xabar bermoqda.
Ayrim yirik bozorlarda ushbu modelning sotuvi pasaymoqda. Ushbu avtoulov 2024-yilda AQShda 105,8 ming dona (14 foizga kam), Kanadada 5,1 ming dona (9 foizga kam) sotilgan.
Biroq bu avtomobil markasi taslim bo‘lmay, boshqa bozorlarni — masalan, Chilini — zabt etishga harakat qilmoqda. Misol uchun, meksikalik xaridorlar o‘tgan yili 713 dona Traverse’ni tanlashgan. Bu 2023-yilga nisbatan 20 foizga ko‘p. Chevroletning ushbu modeli O‘zbekistonda o‘tgan yilda 517 dona sotilgan.

Model uch qatorli 2+2+3 interyeri, o‘z segmentidagi eng yaxshi yo‘lovchi va yuk maydoni, 17,7 dyuymli sensorli ekranli eng ilg‘or axborot-ko‘ngilochar tizimi bilan standart tarzda taqdim etiladi.


Mexanik jihatdan, 2025-yilgi Traverse Midnight yangi turbo quvvatli 2,5 litrli I4 LK0 dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, u 328 ot kuchi va 326 funt-fut moment ishlab chiqaradi va faqat GM’ning sakkiz pog‘onali avtomat uzatmasi bilan birlashtiriladi.
Avtomobil yirik radiator panjarasi, agressiv yoritish texnikasi, kuchli tayanch tom va ikkita quvurli bamperlardan iborat.

Ushbu avtomobilning narxi O‘zbekistonda $50 mingdan (657 mln so‘m) boshlanadi. Lotin Amerikasida esa $45 mingni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Malibu, Traverse va Tahoe modellarining jismoniy shaxslar uchun sotuvini to‘xtatgan edi.