Dollarning rasmiy kursi yana tushdi
eʼlon qilindi
23-aprel kuni 30,68 so'mga tushadi

23-aprel kuni bir AQSh dollarining rasmiy kursi 30,68 soʻmga tushib, 12 878,96 soʻmni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 830 – 12 900 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 910 – 12 970 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Shu bilan birga, yevro 106,26 soʻmga tushib, 14 801,79 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 1,36 soʻmga pastlab 158,39 soʻmga teng boʻldi.
Kursiv Uzbekistanʼga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.