Endi vazir va hokimlikka nomzodlar korrupsiyaga qarshi aniq reja taqdim etadi

eʼlon qilindi
Prezident farmoniga binoan
Endi vazir va hokimlikka nomzodlar korrupsiyaga qarshi aniq reja taqdim etadi . Rasm: Sun’iy intellekt yordamida yasaldi

Prezidentning «Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Farmonga ko‘ra, 2025-yil 5-mart kuni o‘tkazilgan Milliy kengash yig‘ilishida belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish uchun huquqiy hujjatlar va amaliy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Parlamentning bu yo‘nalishdagi rolini kuchaytirish maqsadida Oliy Majlis palatalariga bir qator takliflar bildirildi. Jumladan, budjetdan eng ko‘p mablag‘ oladigan uchta idorada korrupsiya xavfini aniqlash, vazir va hokimlik lavozimiga nomzodlar korrupsiyaga qarshi aniq reja asosida chiqishini qonun bilan belgilash, xalqaro tajribani o‘rganib, kiber makonda kurashish bo‘yicha huquqiy baza yaratish taklif qilinmoqda.

Shuningdek, har oyning boshida jinoyatchilik sabablari chuqur tahlil qilinadi, hududiy rahbarlar faoliyatining samaradorligi baholanadi va qonunlarni takomillashtirish yuzasidan xalqchil takliflar ishlab chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «E-anticor.uz» platformasida rahbar va xodimlar reyestri yuritilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek