Kimyo sanoatida ishlab chiqarish hajmi 1,5 barobar o‘sdi

eʼlon qilindi
4 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratildi
Kimyo sanoatida ishlab chiqarish hajmi 1,5 barobar o‘sdi / Foto: Business Wire

Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

So‘nggi yillarda tarmoqda bozor tamoyillari joriy etilib, xorijiy investitsiyalar oqimi kengaydi. Navoiy, Farg‘ona va Qo‘ng‘irotda tashkil etilgan kimyo klasterlari, Chirchiq va Jizzaxdagi texnoparklar sanoatning yangi bosqichini boshlab berdi.

Modernizatsiyadan o‘tgan Qo‘qon superfosfat zavodi, 23 ta yangi korxonaning ishga tushirilishi va 4 mingdan ortiq ish o‘rinlarining yaratilishi bu sohada katta yutuqlarga erishilganini ko‘rsatadi. Natijada ishlab chiqarish hajmi 1,5 barobar o‘sdi.

Joriy yilning birinchi choragida $181 mln.lik investitsiya o‘zlashtirilib, 3 loyiha ishga tushdi. Ikkinchi chorakda esa «yashil» vodorod va sian tuzlari korxonalari ishga tushiriladi. Raqamlashtirish, energiya samaradorligini oshirish va mahsulot tannarxini pasaytirish asosiy yo‘nalish sifatida belgilandi.

Taqdimotda kimyo sanoatini diversifikatsiya qilish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hamda yangi dastur ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. Tarmoqning tarkibiy jihatdan yangilanishi esa iqtisodiyotga katta turtki bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ITB O‘zbekistonda 58 ta maktab qurishga yordam berishi haqida yozgan edik.

Shuningdek