«Mening bog‘im» loyihasida ovoz berish boshlandi

«Mening bog‘im» loyihasining joriy yilgi mavsumi bo‘yicha ovoz berish jarayoni boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, hozirga qadar hududlardan 570 ta loyiha taklif qilingan bo‘lib, ular orasidan eng yaxshilarini tanlash imkoniyati mavjud. Ovoz berish 30-aprelga qadar davom etadi.
Fuqarolar o‘zlariga manzur loyihaga Ochiq budjet portali yoki Telegramdagi rasmiy bot orqali ovoz berishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, «Mening bog‘im» – bu fuqarolar tashabbusi asosida jamoat bog‘lari, yashil maydonlar va dam olish maskanlarini barpo etishga qaratilgan loyiha. U «Ochiq budjet» tizimi doirasida amalga oshiriladi va aholining bevosita ishtiroki asosida g‘olib loyihalar aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Open budjet»da qaysi loyihalar ko‘proq moliyalashtirilgani haqida yozgan edik.