Yangiliklar

O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 12,6 foizga oshdi

Aholi jon boshiga xizmatlar hajmi 5,6 mln so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda
pul
O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 12,6 foizga oshdi / Foto: Adobe Stock

Shu yilning yanvar – mart oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 210,8 trln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41,6 trln so‘mga (12,6 foiz) ko‘p. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

O‘tgan yilning yanvar – mart oylarida xizmatlar hajmi 169,2 trln so‘mni, o‘sish sur’ati 114,2 foizni tashkil qilgandi.

Bu yil aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi 5,6 mln so‘m bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 10,4 foizga oshgan. Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi esa 113,9 trln so‘mga teng bo‘lib, bozor xizmatlarining 54 foizini tashkil etdi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti (YIM) 2025-yilning yanvar – mart oylarida 6,8 foizga oshgani haqida yozgandi.