O‘zbekistonliklar sel xavfidan ogohlantirildi

eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarda ham kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
Sel
Foto: Qozog‘iston Respublikasi hukumati sayti

23-24-aprel kunlari O‘zbekistonning olti viloyatida sel va suv toshqini kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda.

Samarqand, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining tog‘li hududlarida sel va suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi.

«O‘zgidromet» shu kunlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishini taxmin qilmoqda. Agentlik tog‘li hududlar aholisi va sayyohlarni ehtiyot bo‘lishga chaqiradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 22-aprel kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek