Shimoliy Koreya Trampning qurol eksporti bo‘yicha qarorini tanqid qildi

Shimoliy Koreya AQSh prezidenti Donald Trampning qurol eksportiga oid qoidalarni yumshatish haqidagi qarorini keskin tanqid qildi. Bu haqda Yonhap nashri ma’lum qildi.
Koreya markaziy yangiliklar agentligining yozishicha, Trampning 9-aprel kungi farmoni «urushlarni kengaytirish»ga xizmat qiladi.
Pyongyangning fikricha, Vashington qurol eksportini nafaqat iqtisodiy foyda, balki «tajovuzkor tashqi siyosat»ni ilgari surish uchun ishlatmoqda.
Shimollik koreyslar AQShni Ukraina va G‘azo sektoridagi mojarolarda «urush manyaklariga» harbiy texnika yetkazib berishda aybladi.
Koreya markaziy yangiliklar agentligining aytishicha, Shimolliklar qurol eksporti qoidalarini yumshatish bu urushlarni cho‘zishdir deb ogohlantirgan.
Shuningdek, AQSh urushlarni muzokaralar orqali to‘xtatishga urinayotganini da’vo qilsa-da, aslida proksi urushlarni quvvatlayotgani ta’kidlandi. KMYA «og‘ir oqibatlar» haqida ham ogohlantirdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shimoliy Koreya maxfiy raketa bazasini golf maydonchasi sifatida yashirganligi haqida xabar bergan edi.