Toshkentda loyiha qiymati 15 mlrd so‘m bo‘lgan STEAM markazi ochildi

Bugun 22-aprel kuni Abdulla Avloniy nomidagi institutda STEAM markazi ochildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorligida tashkil etilgan markaz zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Loyiha qiymati 15 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Markazda 9 ta laboratoriya, uchrashuv va boshqaruv xonalari mavjud. Jihozlar yordamida o‘quvchilarning IQ va robototexnikasi rivojlantiriladi.
Ozarbayjon Fan va taʼlim vazirligi markazga $551 mingli jihozlar sovg‘a qildi. Ular beg‘araz taqdim etildi.
«Ushbu jihozlar ta’lim sohasiga katta imkoniyatlar olib kiradi», — dedi vazir Xilola Umarova.
Laboratoriyalar orqali aviasimulyatsiya, dronlar, aerodinamika, sunʼiy yo‘ldoshlar o‘rgatiladi. Virtual muhitda xavfsiz o‘quv imkoniyati yaratiladi.
«Sharoitlarni ko‘z bilan ko‘rib, bevosita tanishishni tavsiya qilamiz», — deya qo‘shimcha qildi vazir.
Yana bir yangilik: 2025-yil iyundan innovatsion yozgi oromgoh tashkil etiladi. «Yashil maskan» festivali va foydali startaplar taqdim etiladi.
Tadbirda Fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Gasan Gasanli ham ishtirok etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat ta’lim sohasiga $40 mlnlik xalqaro grant olgani haqida xabar bergan edi.