Yangiliklar

Toshkentdagi «O‘zbekiston ovozi» ko‘chasining bir qismi bir oydan ko‘proqqa yopiladi

Bunga sabab gastronomik ko‘chaga aylantirilayotgani
ko'cha ta'miri
Foto: Rambler

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «O‘zbekiston ovozi» ko‘chasining bir qismida 24-apreldan 30-maygacha harakat cheklanadi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

ko'cha
Foto: Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi matbuot xizmati

Bunga sabab ushbu ko‘chaning belgilangan qismi kunu tun faoliyat yuritadigan gastronomik ko‘chaga aylantirilmoqda.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston ovozi ko‘chasining Yaxyo G‘ulomov ko‘chasi bilan kesishmasidan, Shahrisabz ko‘chasiga qadar qismida vaqtincha avtomobillar harakati cheklanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 10 – 30-aprel kunlari yer osti elektr kabellarini yotqizish munosabati bilan Sultoniya koʻchasining bir qismida avtotransport vositalari harakati cheklanishi haqida yozgandi.