
Volkswagen Xitoyda ID.UNYX 06 elektromobilini taqdim etdi. Model narxi $20,5 mingdan boshlanadi. Bu haqda CarNewsChina nashri ma’lum qildi.
Yangilangan elektromobil to‘rtta komplektatsiyada: Pure, Pro, Ultra va Max versiyalarida sotuvga chiqadi.




Tashqi ko‘rinishi aerodinamik elementlar bilan boyitilgan. U yopiq panjara, LED chiroqlar va «Twilight Blue» rangga ega. Salon oltin aksanlar bilan bezatilgan, yuqori darajadagi materiallardan foydalanilgan. Ichki makon keng va texnologik jihatdan boyitilgan.
Yangi ID.S 5.4 tizimi o‘rnatilgan. U metaverse funksiyalari, avtomobil ichidagi o‘yinlar va AI yordamchini taklif qiladi. Sun’iy intellekt ovozli boshqaruv, kontekstli javoblar va aqlli sozlashlarga ega. U foydalanuvchi harakatlarini aniqlaydi, mashina sozlamalarini avtomatik o‘zgartiradi.

Xavfsizlik tizimlari takomillashgan. RCTA va Pre-Crash kabi funksiyalar mavjud. Ular to‘qnashuv ehtimolini oldindan aniqlaydi. Kirish darajasidagi versiya 426 km masofa yuradi. Akkumulyator sig‘imi 53,6 kVt/soat.

Volkswagen JAC Motors bilan ishlab chiqilgan birinchi model hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Volkswagen kompaniyasi Tiguan Turbo krossoverini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.