AQSh Xitoy mahsulotlariga bojlarni kamaytirishi mumkin

eʼlon qilindi
50 – 65 fozigacha
AQSh Xitoy mahsulotlariga bojlarni kamaytirishi mumkin / Foto: Mechanical Power

Tramp ma’muriyati Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga qo‘yilgan boj stavkalarini tushirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Reuters nashri Wall Street Journal nashriga tayanib xabar berdi.

Unga ko‘ra, bu qaror Pekin bilan olib borilayotgan muzokaralar doirasida amalga oshiriladi. Bojlar 50 – 65% oralig‘iga tushirilishi mumkin. Tramp yanvardan beri bu stavkalarni 145% gacha oshirgan edi. Oq uy bu borada hali yakuniy qaror chiqarmadi.

Tariflarni pasaytirish orqali AQSh-Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy keskinlikni yumshatish maqsad qilingan. Tramp agar kelishuv bo‘lsa, bojlar «sezilarli darajada» kamaytirilishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp bojlarining O‘zbekiston savdosiga ta’siri haqida yozgan edik.

Shuningdek