Yangiliklar

Bitcoin pasayish trendini buzdi: $94 minglik dovondan o‘tdi

Ushbu darajani yorib o‘tish yangi rekordlar sari yo‘l ochishi mumkin
Bitcoin
Bitcoin pasayish trendini buzdi: $94 minglik dovondan o‘tdi / Foto: Cryptonews

Bitcoin uzoq davom etgan pasayish tuzilmasini sindirdi. Bozor kayfiyatida o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Cryptonews nashri ma’lum qildi.

Narx $94 259 darajasidagi muhim qarshilik zonasiga yaqinlashmoqda. Ushbu darajani yorib o‘tish yangi rekordlar sari yo‘l ochishi mumkin.

Agar narx orqaga qaytsa, u $81 850 darajasigacha tushishi mumkin, deb yozmoqda nashr. Bu pasayish hamon yuqoriroq pastlik bo‘lib, ko‘tarilish trendining saqlanishini anglatadi. Texnik tahlilga ko‘ra, bu pasayish sog‘lom tuzilmani shakllantiradi va yuqorilash imkonini ochadi.

Hajm past darajada qolmoqda. Bu esa buqa harakatining zaifligidan darak beradi. Breakoutlar odatda yuqori ishtirok bilan kechadi. Ammo bu safar hajm pastligicha qolmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bitcoin narxi qariyb $77 minggacha pasaygani haqida xabar bergan edi.