
2025-yil 23-aprel kuni Shanxay avtosalonida BYD’ga qarashli Denza brendi tomonidan Denza Z avtomobili namoyish etildi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.
Modelning Xitoyda ilk bor mustaqil ishlab chiqilgan to‘liq elektron boshqaruv tizimi avtomobil xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.
Undagi to‘liq elektron boshqaruvga ega shassi mexanik uzatmalarsiz ishlaydi va ichki sig‘imni kengaytiradi.

Model «YunNian-M» nomli aqlli magneto-reologik kuzov nazorati tizimiga ega.
Denza Z nafaqat texnologik, balki dizayn va funksionallik jihatdan ham zamonaviy talablarni qondiradi. Modelning kelajakdagi tijorat versiyasi bozorda katta qiziqish uyg‘otishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD Yangwang U8 modeli Shanxay 2025 avtosalonida taqdim etilishi haqida yozgan edi.