BYD kompaniyasi Dynasty-D va Ocean-S konsept avtomobillarini taqdim etdi​

23-aprel 2025 11:18 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
BYD
Dynasty-D va Ocean-S modellari / Foto: BYD

2025-yil 23-aprel kuni Shanxay avtosalonida BYD kompaniyasi tomonidan yangi konsept avtomobillari – Dynasty-D va Ocean-S modellari taqdim etildi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Dynasty-D – bu D-segmentdagi to‘liq o‘lchamli konsept avtomobil bo‘lib, u dizayni bilan ajralib turadi. Avtomobilning old qismida 2,4 metr uzunlikdagi chiziqli yoritgich joylashgan. Orqa chiroqlari esa 3D uch o‘lchamli Xitoy tugunlari shaklida ishlab chiqilgan. Shuningdek, 23 dyuymli g‘ildiraklar bilan jihozlangan.​

BYD
BYD Dynasty-D / Foto: BYD

Ichki makonda Dynasty-D Xitoyning qadimiy saroy tomlaridan ilhomlangan dizayn elementlariga ega bo‘lib, avtomobil ichida sakkizta ekran birgalikda ishlaydi.​

BYD
BYD Dynasty-D / Foto: BYD
BYD Ocean-S / Foto: BYD
BYD
BYD Ocean-S / Foto: BYD

Ocean-S – bu BYD’ning yangi avlod «okean estetikasi» dizayniga ega flagman konsept avtomobili. Avtomobilning tashqi ko‘rinishi soddaligi bilan ajralib turadi, ichki makonda esa ko‘k va oq ranglar uyg‘unligi minimalistik dizaynni ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Denza Z avtomobili namoyish etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek