Avto

Chery Tiggo 9L krossoveri Shanxay avtosalonida taqdim etildi​

Chery
Foto: «Китайские автомобили»

2025-yil 23-aprel kuni Shanxay avtosalonida Chery kompaniyasi tomonidan Chery Tiggo 9L avtomobili namoyish etildi. Bu haqda Chinamashina nashri xabar bermoqda.

Bu model global bozorni nishonga olgan to‘liq o‘lchamli SUV (krossover) sifatida taqdim etildi.

Chery
Chery Tiggo 9L avtomobili / Foto: «Китайские автомобили»

Chery Tiggo 9L zamonaviy dizayni va ilg‘or texnologiyalari bilan ajralib turadi. Old panelda joylashgan interaktiv ekran avtomobilga futuristik ko‘rinish beradi. Shuningdek, tom qismida joylashgan lazerli masofa o‘lchagich (lidar) avtomobilning ilg‘or avtonom haydash yoki haydovchiga yordam beruvchi tizimlar bilan jihozlanganini ko‘rsatadi.

Chery
Foto: «Китайские автомобили»

Hozircha Chery Tiggo 9L’ning texnik xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar e’lon qilinmagan. Ammo taqdimotda ko‘rsatilgan dizayn va texnologiyalar ushbu modelning yuqori darajadagi qulaylik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilganligini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chery Xingtu Dimensity avtomobili rasman kompaniya tomonidan taqdim etilgani haqida yozgan edi.