Endi to‘y tantanalari qonun bilan tartibga solinadi

O‘zbekistonda to‘ylar, dafn marosimlari va boshqa oilaviy tadbirlarni tartibga solishga yordam beruvchi yangi hujjat qabul qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident farmonida qayd etilgan.
Asosiy g‘oya – oilaviy marosimlarni o‘tkazishda yagona yondashuvlarni shakllantirish va haddan tashqari dabdabani kamaytirishdan iborat. Avgustgacha muhokamaga kiritilishi kutilayotgan qaror loyihasi ustida parlamentning ikki palatasi, tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, soha komitetlari ish olib bormoqda.
Yangi yondashuvlar yoshlarning bunday marosimlar uchun qilinadigan xarajatlarga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lishini rag‘batlantiradi. Jumladan, ortiqcha isrofgarchilikning zarariga urg‘u beruvchi ijtimoiy reklamalar, filmlar, podkastlar va boshqa media mahsulotlarini targ‘ib qilish bo‘yicha kampaniya yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq oilaviy zoʻravonlik qurbonlari yarashish muddatisiz ajrashishi haqida yozgan edik.