Farg‘onada Fargo-Gold brendi bilan zargarlik buyumlari chiqariladi
eʼlon qilindi
Loyiha 2025-yil may oyidan boshlanadi

Farg‘ona viloyatida Fargo-Gold brendi ostida zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Bu haqda viloyat hokimi Hayrullo Bozorov Turkiyadan kelgan investorlar bilan uchrashuv paytida ma’lum bo‘ldi.

Foto: Farg'ona viloyati hokimligi matbuot xizmati



Loyihaning amalga oshirilishi 2025-yil may oyidan boshlanishi ko‘zda tutilgan. Mazkur ishlab chiqarish natijasida 300 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Turkiyalik investorlar, shuningdek, qurilish sohasi bo‘yicha ham yangi loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan zargarlik sohasi uchun yangi soliq imtiyozlari joriy etilgani haqida yozgandi.