
Angliya Premer ligasining 34-turidan o‘rin olgan bahsda «Manchester Siti» o‘z maydonida «Aston Villa» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuv boshidanoq «shaharliklar» bosimni oshirdi va 7-daqiqadayoq Bernardu Silva hisobni ochdi. Mehmonlar 18-daqiqada Markus Reshfordning penaltisi evaziga javob golini urishdi. 81-daqiqada Omar Marmush hisobni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi, ammo hakam golni qo‘pol o‘yin tufayli bekor qildi. O‘yinning 94-daqiqasida Mateus Nunes hal qiluvchi golni kiritdi va jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi. Abduqodir Husanov maydonga tushmadi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Man Siti» 61 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi, «Aston Villa» esa 57 ochko bilan 7-pog‘onada qolmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Husanov sabab Markaziy Osiyo futboliga qiziqish oshgani aytilgani haqida xabar bergan edi.