Istanbulda kuzatilgan 6.2 balli zilzila vaqtida 150 dan ortiq kishilar jarohat oldi – foto, video
eʼlon qilindi
Balandlikdan sakragani oqibatida

23-aprel kuni Istanbulda 6.2 magnitudali zilzila yuz berdi. Mahalliy vaqt bilan soat 12:49 da sodir bo‘lgan zilzila shaharda vahima keltirib chiqargani oqibatida 150 dan ortiq kishilar balandlikdan sakrab jarohat oldi, deya yozmoqda Euronews.

Unga ko‘ra, zilzilaning epitsentri Marmara dengizida, Istanbuldan 40 km janubi-g‘arbda joylashgan bo‘lib, silkinish boshqa viloyatlarda ham sezilgan. Bir nechta kuchsiz takroriy zilzilalar ham qayd etildi.

Rasmiylarga ko‘ra, jiddiy talafotlar aniqlanmagan. Aholi ochiq joylarga chiqib, binolardan uzoqlashishga chaqirildi. Prezident Erdo‘g‘an yurt va xalqqa tinchlik tiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 4 ballik zilzila sodir bo‘lgan edi.