
Sony Pictures bugun «The Karate Kid: Fusion» filmi taqdim etilishi tasdiqlanganini e’lon qildi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.
71 yoshli Jeki Chan navbatdagi kinokartinada ham bosh rolni ijro etadi. Film Shimoliy Amerikada 2025-yil 30-mayda namoyish etilishi tasdiqlangan.
Manbaga ko‘ra, ushbu film rejissyori Jonatan Entvistl allaqachon qahramonlar uchun ijodkorlarni tanlab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Anora «Oskar» mukofotining beshta haykalchasi bilan taqdirlangani haqida yozgan edi.