Avto

Mazda EZ-60 elektr krossoveri taqdim etildi

Mazda
Mazda EZ-60 elektr krossoveri ilk bor taqdim etildi / Foto: CarNewsChina

Mazda kompaniyasi Changan bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan yangi Mazda EZ-60 modeli Shanxay xalqaro avtosalonida taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Mazda kompaniyasi Changan bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan yangi elektr krossoveri – EZ-60 modelini Shanxay xalqaro avtosalonida namoyish etdi. avtomobil 26 dyuymli 5K ekran, 1300 kmgacha bo‘lgan umumiy yurish zaxirasi va zamonaviy minimalistik interyer bilan ajralib turadi.

Foto: CarNewsChina

EZ-60 o‘lchamlari 4850×1935×1620 mm bo‘lib, 2902 mm g‘ildirak bazasiga ega. Dizayni «suzuvchi» qora tom va ikki rangli kuzov bilan boyitilgan. Ichki qismlar deyarli butunlay sensorli boshqaruvga o‘tkazilgan.

Salonda 26,45 dyuymli ekran barcha boshqaruv tizimlarini birlashtiradi. Orqa yo‘lovchilar uchun alohida ekranlar mavjud. Shuningdek, Dolby Atmos texnologiyasiga ega 23 dinamikli ovoz tizimi ham bor.

Avtomobil ikkita variantda taqdim etilgan:

  • Gibrid model: 1,5 litrli 72 kVt dvigatel (generator sifatida ishlaydi), 190 kVtli elektromotordan iborat. 31,73 kVt⋅soatli batareya, 160 km elektr yurish masofasi;
  • To‘liq elektr model: texnik xususiyatlari hali rasman e’lon qilinmagan.

Xavfsizlik bo‘yicha avtomobil 9 ta havo yostiqchasi, L2 darajadagi avtopilot bilan jihozlangan. 360 gradus kameralar, radarlar va 8 qatlamli batareya himoya tizimi ham mavjud. EZ-60 dastlab Xitoy bozorida sotuvga chiqadi. So‘ngra global bozorlarga Mazda CX-6e nomi ostida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Mazda EZ-60 krossoveri yaqin kunlarda rasman namoyish etilgani haqida yozgan edi.