Prezident Hindistondagi fojiaga munosabat bildirdi
eʼlon qilindi
Unda jabrlanganlarga salomatlik tiladi

Shavkat Mirziyoyev Kashmir hududida sodir bo‘lgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohatlangani munosabati bilan Hindiston prezidenti Draupadi Murmu va bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, prezident halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga samimiy hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev elektrotexnika sohasidagi yutuqlar va kelgusi rejalarga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishgan edi.