TBC Uzbekistan kichik va o‘rta biznes uchun onlayn kreditlashni yo‘lga qo‘ydi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Kreditlar 3 yilgacha muddatga ajratiladi
TBC Uzbekistan
TBC Uzbekistan kichik va o‘rta biznes uchun onlayn kreditlashni yo‘lga qo‘ydi / Foto: TBC Uzbekistan

TBC Uzbekistan kichik va o‘rta biznes uchun onlayn kreditlash xizmatini ishga tushirdi. Yangi mahsulot TBC Business xizmatini kengaytiradi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

Biznes mijozlar 300 mln so‘mgacha kredit olishlari mumkin. Kreditlar 3 yilgacha muddatga ajratiladi. Ariza topshirish to‘liq onlayn va bir necha daqiqada yakunlanadi.

TBC kreditlari garov va kafillarsiz beriladi. Murakkab hujjatlar talab etilmaydi. Kredit shartlari avtomatik tahlil asosida shakllantiriladi.

Skoring va anderrayting texnologiyasi ma’lumotlarga asoslangan baholashni ta’minlaydi. Bu mahsulot moliyaviy xizmatlarga kirishni soddalashtiradi. Kreditlar bosqichma-bosqich barcha kichik va o‘rta biznes uchun ochiladi.

Bank bosh direktori Nika Kurdiani xizmatni yuqori baholadi. Uning aytishicha, kichik va o‘rta biznes iqtisodiy o‘sishning muhim omili hisoblanadi. Mahsulotlar qatori kengayishi raqamli bank ekotizimini kuchaytiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 2024-yilda 91% ga oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek