
23-24-aprel kunlari Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandga tashrif bilan keladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida ikkala davlatlarning strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.
Avvalroq «Kursiv» 25-26-aprel kunlari Italiya bosh vaziri Jorja Meloni O‘zbekistonga kelishi haqida yozgandi.