Yangiliklar

UzAuto Motors, Texnopark va yana 27 ta davlat kompaniyasi xalqaro savdoga qo‘yiladi

2030-yilgacha davlat ishtirokida yangi korxonalar tashkil etishga moratoriy joriy qilinadi
UzAuto Motors, Texnopark va yana 27 ta davlat kompaniyasi xalqaro savdoga qo‘yiladi / Foto: UzAuto Motors

O‘zbekistonda 2030-yilgacha davlat ishtirokida yangi korxonalar tashkil etishga moratoriy joriy etiladi. Bu haqda prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, har bir vazirlikda xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha mas’ul maxsus vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi. Bozorlarning ustavlarida mahalliy hokimiyatlar ishtirokini majburiy etuvchi talab bekor qilinadi.

Bundan maqsad, nufuzli xalqaro professional konsultantlarni jalb etgan holda, 29 ta davlat ishtirokidagi yirik korxonaning ustav kapitalidagi aksiyalar (ulushlar) paketlarini ochiq savdolarga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Foto: Prezident qarori
Foto: Prezident qarori
Foto: Prezident qarori

Shuningdek, 12 ta davlat ishtirokidagi yirik korxonaning ustav kapitalidagi aksiyalar paketini xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy joylashtirishni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, shu yilning 1-iyuligacha bo‘lgan muddatda jalb qilingan professional konsultantlarning takliflarini va Energetika vazirligining yoqilg‘i yetkazib berishning minimal hajmlari bo‘yicha kafolatini inobatga olgan holda, issiqlik elektr stansiyalarini xalqaro bozorga ochiq ommaviy savdoga chiqarishni e’lon qilish belgilandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan banklar tasarrufidagi aksiyalar ommaviy savdoga chiqarilishi haqida yozgandi.