Avto

Volkswagen Tiguan L Pro krossoveri taqdim etildi

Hozircha avtomobil narxi aniq emas
Volkswagen
Volkswagen Tiguan L Pro krossoveri taqdim etildi / Foto: No Limits

Volkswagen va Xitoyning SAIC kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan yangi Volkswagen Tiguan L Pro avtomobili Xitoy bozoriga taqdim etildi.

Ushbu o‘rta o‘lchamdagi krossover 2,0 litrli turbobenzinli dvigatel bilan jihozlangan. U ikki xil quvvat variantida taklif etiladi: 186 ot kuchi va 220 ot kuchi.​

Foto: No Limits

Tiguan L Pro modeli ilgari Jetta nomi ostida ishlab chiqarilgan avtomobillardan yuqori sifatli materiallar va kengaytirilgan 10,3 dyuymli multimedia ekrani bilan ajralib turadi. Shuningdek, avtomobil LED yoritish tizimi bilan jihozlangan.​

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Volkswagen Xitoyda ID.UNYX 06 elektromobilini taqdim etgani haqida yozgan edi.