Yoshlar qandolat fabrikasi intellektual mulk huquqlari bo‘yicha moliyaviy jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
«M&M’s» mahsulotini o‘zlashtirgani uchun
shirinlik
Yoshlar qandolat fabrikasi intellektual mulk huquqlari bo‘yicha moliyaviy jarimaga tortildi / Foto: beats1 / depositphotos.com

Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi Class-food-sevis (Yoshlar qandolat fabrikasi) MCHJ tomonidan «S&S’s» belgisi ostida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bo‘yicha insofsiz raqobat holatlari aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

Mars, Incorporated xorijiy kompaniyasi vakillari qo‘mitasining hududiy boshqarmasiga murojaat etib, «M&M’s» tovar belgisiga o‘xshash «S&S’s» nomdagi mahsulotlar ishlab chiqarilayotgani va bu kompaniyaning intellektual mulk huquqlarini buzayotganini ma’lum qilgan.

O‘rganish davomida «S&S’s» belgisi «M&M’s» belgilariga tasviriy va grafik jihatdan adashtirib yuborish darajasida o‘xshash ekani tasdiqlandi. Natijada Class-food-servis MCHJga moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, Yoshlar qandolat markazi 2009-yilda tashkil etilgan. Uchta ta’sischidan iborat bo‘lib, rahbari Fayzulla Raxmatullayev. Ustav kapitali 5,9 mlrd so‘m.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan restoranlarda o‘zbek tilidagi taomnomalar yo‘qligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilgani haqida yozgandi.

Shuningdek