24-aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kuzatiladi

24-aprel kuni mamlakatimizda havo biroz bulutli, ammo yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublikaning barcha hududlarida asosan sharqiy yo‘nalishdagi shamol esishi mumkin, deya xabar beradi «O‘zgidromet».
Toshkent shahrida havo ochiq, kunduzi harorat 25-27 daraja atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida kunduzi 28-33°, ba’zi joylarda shamol kuchayishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat 27-32° gacha ko‘tariladi, shamol kuchliroq esadi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida kunduzi 25-30° iliqlik saqlanadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo 28-33° oralig‘ida bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa 24-29° atrofida iliq havo kuzatiladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, harorat kunduzi 15-20° ni tashkil etadi. Sel-suv toshqin xavfi saqlanib qolmoqda.