5,6 milliard so‘mlik noqonuniy davlat xaridlarining oldi olindi

eʼlon qilindi
Toshkent shahri, Xorazm, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida
Davlat xaridlari
5,6 milliard so‘mlik noqonuniy davlat xaridlarining oldi olindi / Foto: ilixe48/Depositphotos

Raqobat qo‘mitasi tomonidan shu yilning mart oyida hududlar kesimida davlat xaridlarida jami 5,6 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlanib, ularning oldi olindi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Surxondaryoda Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan umumiy qiymati 2,6 mlrd so‘mlik, Xiva shahar «Nurli maskan» ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 1,4 mlrd so‘mlik va «Xiva milliy non» MCHJ tomonidan 200 mln so‘mga yaqin davlat xaridida qonunbuzilish holatlari qayd etildi.

Shuningdek, Toshkent shahrida «Geoinnovatsiya markazi» tomonidan 800 mln so‘mlik xaridda, Qarshi shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport maktabida 600 mln so‘mlik xarid jarayonida ham qonunga zid harakatlar aniqlangan.

Natijada buyurtmachilarga nisbatan qo‘mitaning hududiy boshqarmalari tomonidan ish qo‘zg‘atildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yoshlar qandolat fabrikasi intellektual mulk huquqlari bo‘yicha moliyaviy jarimaga tortilgani haqida yozgandi.

Shuningdek