
Bugun, 24-aprel Toshkent vaqti bilan soat 17:22:32 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, zilzilaning episentri Toshkentdan 267 km janubiy-sharqda joylashgan bo‘lib, sezilish kuchi 3 ballni tashkil etdi.
Zilzilaning magnitudasi 3 ballni tashkil etgan bo‘lsa, chuqurligi 10 km edi. Episentr Andijon viloyati Marhamat tumani bo‘ldi.
Episentrning aniq koordinatalari: 40,55 N, 72,25 E. Zilzila oqibatida jiddiy shikastlanishlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 21-aprel Toshkent vaqti bilan soat 13:44:17 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar bergandi.