O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 36,74 so‘mga oshdi

eʼlon qilindi
24-aprel kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 927,17 so‘mni tashkil etdi
Foto: Freepik

O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 24-aprel kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 927,17 so‘mni tashkil etib, oldingi kun bilan solishtirganda 36,74 so‘mga oshdi.

23-aprel kuni esa o‘rtacha kurs 12 890,43 so‘m bo‘lib, 11,47 so‘mga oshgan edi.

Ushbu haftada dollar kursi keskin pasaydi: 22-aprel kuni kurs 12 878,96 so‘mga tushib, 30,68 so‘mga pasaydi. 21-aprel kuni esa 12 909,64 so‘mni tashkil etib, 28,56 so‘mga tushgan.

Shuningdek, Markaziy bank tomonidan boshqa valyutalar kurslari ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 24-aprel kuni yevro 3,29 soʻmga tushib, 14 717,58 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 0,31 soʻmga pastlab 155,73 soʻmga teng boʻldi.

Mamlakatdagi tijorat banklari 24-aprel kuni bir AQSh dollarini 12 820 – 12 885 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 900 – 12 980 soʻm oraligʻida sotmoqda.

Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.  

Shuningdek