Rim papasi Fransisk bilan vidolashuv marosimi qanday oʻtdi – fotoreportaj

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Rim papasi Fransisk bilan vidolashuv marosimi 23-aprel kuni Vatikandagi Avliyo Pyotr soborida boshlandi
Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan

23-aprel, chorshanba kuni bahorning quyoshli kunida minglab odamlar Rim papasi Fransisk bilan vidolashish uchun Avliyo Pyotr maydoniga yigʻildi. Rim koʻchalari ziyoratchilar, sayyohlar va mahalliy aholi bilan toʻldi.

Ular cherkovga kirish va pontifik jasadi ochiq tobutda qoʻyilgan Avliyo Pyotr bazilikasida unga hurmat bajo keltirish uchun navbatda turishdi.

Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan

88-yoshli Fransisk ikki kun avval insultdan soʻng Santa-Marta pansionidagi yotoqxonasida vafot etdi. Chorshanba kuni ertalab uning jasadi tantanali marosim bilan bazilikaga olib kelindi.

Yaqinda ikki tomonlama pnevmoniyadan besh hafta davolanib chiqqan Fransisk soʻnggi bor Pasxa yakshanbasida avliyo Pyotr maydonidan papaning ochiq avtomobilida oʻtib, jamoat oldida koʻrinish bergan edi. Bu voqea uning vafotidan bir kun avval sodir boʻlgan.

Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan

Qizil qalpoq kiygan kardinallar, sham tutgan rohiblar, yepiskoplar hamda tantanali kiyimdagi shveysariyalik soqchilar madhiyalar va qoʻngʻiroq sadolari ostida marosimda qatnashishdi.

Tobut maydon boʻylab olib oʻtilayotgan paytda minglab odamlar qarsaklar bilan hurmat bajo keltirdi, bu – Italiyada vidolashuvning an’anaviy ifodasi.

Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan

Oq qoʻlqop va qora kostyum kiygan 14 nafar tobut koʻtaruvchi, Vatikan vakillari hamrohligida, tobutni bazilika zinapoyalaridan yuqoriga olib chiqishdi. Ulkan bronza eshiklar orqali kirgan marosim ishtirokchilari ibodatxonadagi tantanali sukunatga guvoh boʻldi.

Papa Fransisk jasadi solingan tobut juma kuni kechgacha bazilikada saqlanadi. Dafn marosimi esa shanba kuni boʻlib oʻtadi.

Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan

Marosimda butun dunyodan davlat rahbarlari ishtiroki kutilmoqda. Jumladan, ilgari migratsiya masalalari yuzasidan papa bilan bahsga kirgan AQSh prezidenti Donald Tramp ham tashrif buyurishi kutilmoqda.

Shuningdek, Italiya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Ukraina, Braziliya rahbarlari, Yevropa Ittifoqi hamda Fransiskning vatani – Argentina vakillari ham marosimda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan
Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan
Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan
Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan
Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan
Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan
Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan
Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan
Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan
Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan
Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan
Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan
Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan
Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan
Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan
Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan
Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan
Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan
Foto: Yelena Kim / Kursiv Uzbekistan
Shuningdek