
2025-yil 1-iyuldan boshlab «Silk Avia» aviakompaniyasi Toshkent – Issiqko‘l – Toshkent yo‘nalishida mavsumiy aviaqatnovlarni qayta tiklaydi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, parvozlar har kuni amalga oshiriladi, uchish vaqti esa atigi 2 soatni tashkil etadi. Chipta xaridi uchun silk-avia.com sayti, «Silk Avia» mobil ilovasi, mamlakatdagi barcha xalqaro aeroportlar hamda «Uzbekistan Airways Sales» ofislari orqali murojaat qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent – Xiva yo‘nalishida zamonaviy vagonlar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.