
Toshkent janubiy vokzalidan Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi aholi punktlariga kuniga 12 ta reys yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.
Yo‘lovchilar uchun Toshkentdan Chinorkentga har kunlik tezkor qatnov yo‘lga qo‘yildi. Tezyurar poyezd Janubiy vokzaldan jo‘naydi. Poyezd Markaziy vokzal, Salar, Qibray, Chirchiq, G‘azalkent va Xo‘jakent bekatlarida to‘xtaydi. Umumiy safar vaqti 96 daqiqani tashkil etadi.
Reyslar jadvali bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Elektr poyezdlari konditsioner, hojatxonalar, telefonlarni quvvatlash uchun rozetkalar va kattalashtirilgan bagaj javonlari bilan jihozlangan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Pekin — Markaziy Osiyo temir yo‘l yo‘nalishi 8-aprel kuni muntazam ravishda ishga tushirilgani haqida yozgan edi.