Toshkent – Xiva yo‘nalishida zamonaviy vagonlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi — foto

eʼlon qilindi
Kelgusida yana 70 ta yo‘lovchi vagonlari xarid qilinadi
Toshkent – Xiva yo‘nalishida zamonaviy vagonlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi / Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ

Markaziy temir yo‘l vokzalida «Toshkent – Xiva – Toshkent» yo‘nalishida harakatlanadigan 10 ta zamonaviy yo‘lovchi vagonlari foydalanishga topshirildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ma’lum qildi.

Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ

Unga ko‘ra, har biri turli sig‘imga ega bo‘lgan plastik, kupe va SV turdagi vagonlar bir vaqtning o‘zida 396 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ

O‘zbekistonda ichki va tashqi turizm tobora rivojlanib borayotgani transport sohasida ham keng o‘zgarishlarni boshlab berdi. So‘nggi yillarda yangi elektrovozlar va zamonaviy vagonlarning keltirilayotgani, vokzallar dizaynining yangilanishi bularning yaqqol dalilidir.

Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ

Prezidentning 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-329-sonli qaroriga muvofiq, 2025–2026-yillarda yana 70 ta zamonaviy yo‘lovchi vagonlari xarid qilinadi. Xivaga yangi vagonlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi bilan yiliga 144 mingdan ortiq yo‘lovchilarga qulay sharoitda xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ
Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ
Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ
Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent janubiy vokzalidan hududlarga kunlik reyslar yo‘lga qo‘yilgan edi.

Shuningdek