25-aprel kuni havo harorati 25-30° atrofida bo‘ladi

eʼlon qilindi
Sel-suv toshqini xavfi mavjud
25-aprel kuni havo harorati 25-30° atrofida bo‘ladi / Foto: Pexels.com

O‘zbekiston bo‘ylab 25-aprel kuni ob-havo asosan bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda kuchli shamol kuzatilishi mumkin, deya yozmoqda «O‘zgidromet».

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo ochiq, sokin bo‘ladi. Kunduzi harorat 28-30° gacha isishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yozga yaqin harorat seziladi – kunduzi 30-35°ni tashkil qiladi. Ba’zi joylarda shamol kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiyda ham kunduzgi issiqlik 35° gacha yetadi. Shamol ayrim hududlarda 18 m/s gacha kuchayadi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo iliq bo‘ladi, 25-30°gacha ko‘tariladi. Osmon biroz bulutli, lekin yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda ham issiq kunlar davom etadi – 30-35° atrofi kuzatiladi. Shamol sharqdan esadi, me’yorda.

Andijon, Namangan va Farg‘onada biroz salqinroq – 24-29°. Kechasi esa 10-15° oralig‘ida bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda havo harorati kunduzi 15-20°, kechasi 5-10° bo‘ladi.

Shuningdek