9-may munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi

eʼlon qilindi
Qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmadi
9-may munosabati bilan o‘zbekistonliklar nechta kun dam oladi / Foto: Informacion

2025-yilda 9-may – Xotira va qadrlash kuni juma kuniga to‘g‘ri kelmoqda va bu sana barcha uchun rasmiy dam olish kuni sifatida belgilangan. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek xabar berdi.

Unga ko‘ra, qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmagan. Shu sababli, 10-may – shanba kuni faqat 5 kunlik ish haftasiga amal qiluvchilar uchun dam olish bo‘lsa, 6 kunlik ish rejimidagilar odatdagidek ishlaydi. 11-may, yakshanba esa barcha uchun umumiy dam olish kuni hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi» esdalik yubiley medali ta’sis etilgan edi.

Shuningdek