Dollarning rasmiy kursi qanchaga ko‘tarildi

eʼlon qilindi
28-aprel kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 957,14 so‘mni tashkil etadi
Dollar kursi
Dollarning rasmiy kursi qanchaga ko‘tarildi / Foto: SergPoznanskiy / depositphotos.com

O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 28-aprel kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 957,14 so‘mni tashkil etib, oldingi kun bilan solishtirganda 29,97 so‘mga oshdi.

24-aprel kuni esa o‘rtacha kurs 12 927,17 so‘m bo‘lib, 36,74 so‘mga oshgan edi.

Dollar kursi ushbu haftani keskin pasayishdan so‘ng, ko‘tarilish bilan yakunlamoqda: 23-aprel kuni o‘rtacha kurs 12 890,43 so‘m bo‘lib, 11,47 so‘mga oshdi. 22-aprel kuni esa 12 878,96 so‘mga tushib, 30,68 so‘mga pasaydi. 21-aprel kuni esa 12 909,64 so‘mni tashkil etib, 28,56 so‘mga tushgan.

Shuningdek, Markaziy bank tomonidan boshqa valyutalar kurslari ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 28-aprel kuni yevro 15,11 soʻmga tushib, 14 702,47 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 0,83 soʻmga yuqorilab 156,56 soʻmga teng boʻldi.

Mamlakatdagi tijorat banklari 25-aprel kuni bir AQSh dollarini 12 830 – 12 920 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 930 – 13 020 soʻm oraligʻida sotmoqda.

Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.   

Shuningdek