Malayziya aviakompaniyasi oktabrdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

eʼlon qilindi
AirAsia X aviakompaniyasi
AirAsia X
Foto: Uzbekistan Airports

Malayziyaning yirik aviakompaniyalaridan biri AirAsia X Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Uzbekistan Airports bu borada aviakompaniya bilan muzokaralar olib bormoqda.

Mazkur uchrashuv 2024-yil Routes Asia aviatsiya forumida boshlangan muzokaralarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Unga ko‘ra, oktabr oyidan Kuala-Lumpur — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga uch marta, Airbus A320/321 samolyotlarida muntazam qatnovlar tashkil etilishi mumkin.

Shuningdek, Toshkent orqali boshqa davlatlarga yo‘lovchi tashishni ham rejalashtirmoqda. AirAsia X shu yilning fevral oyida O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat olgandi.

Ma’lumot uchun, AirAsia — Malayziyaning eng yirik budjet aviakompaniyasi bo‘lib, u 25 mamlakatga 400 dan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha ichki va xalqaro reyslarni amalga oshiradi. Kompaniyaning asosiy tranzit markazi Kuala-Lumpur xalqaro aeroporti hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 14-apreldan boshlab UzAirways aviakompaniyasi Toshkent – Jidda – Toshkent yo‘nalishidagi reyslarda Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatgani haqida yozgandi.

Shuningdek