O‘zbekiston va ITB o‘rtasida $10 mln ajratish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv imzolandi

WBGMeetings va IMFMeetings doirasida Vashingtonda o‘tkazilayotgan uchrashuvlar chog‘ida O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari, Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov va Islom taraqqiyot banki (ITB) prezidenti doktor Muhammad Al Jasser onkologiya xizmatlarini rivojlantirish loyihasining II bosqichi uchun qo‘shimcha moliyalashtirish bitimini imzoladilar.
Yangi kelishuv doirasida ITB tomonidan ajratilgan mablag‘ miqdori $90 mlnga yetkazilib, ushbu bosqich uchun qo‘shimcha $10 mln ajratilishi nazarda tutilgan.
Loyiha O‘zbekistonning 16 ta hududida onkologik xizmatlarni takomillashtirish, tashxis qo‘yish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy tibbiy infratuzilmani yaratish hamda sifatli davolash xizmatlaridan foydalanish imkonini oshirishga qaratilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ITB O‘zbekistonda 58 ta maktab qurishga yordam berishi haqida xabar bergan edi.